Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Kiyevga zarbasidan keyin NATO-Ukraina kengashi chaqirildi
Bryusselda NATO-Ukraina kengashining siyosiy maslahatchilar darajasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. U Ukrainaning iltimosiga binoan Rossiyaning Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga bergan ommaviy zarbalaridan keyin chaqirildi.
Foto: Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati
1 sentabr, dushanba kuni Bryusselda NATO-Ukraina kengashining siyosiy maslahatchilar darajasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda dpa agentligi. Yig‘ilish Rossiya avgust oyi oxirida Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga ommaviy zarbalar berganidan keyin Ukraina iltimosiga ko‘ra chaqirildi.
Uchrashuv oldidan Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga X ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi: «Rossiyaning tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini rad etishi va ukrainaliklarga qarshi terrorning kuchayishiga adekvat javob berish uchun qo‘shma qadamlar bo‘yicha maqsadli muhokamani kutamiz». Sibiga «Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlash va mazmunli tinchlik sa’y-harakatlarini» ko‘rsatishda davom etayotgan NATO va barcha ittifoqchilarga minnatdorchilik bildirdi. «Moskva urushni cho‘zish uchun ko‘proq bosimni his qilishi kerak», deb ta’kidladi Ukraina TIV rahbari.
«Ukrainskaya pravda» gazetasining ta’kidlashicha, mamlakatlarning NATOdagi doimiy vakolatxonalaridagi siyosiy maslahatchilar odatda bunday yig‘ilishlarda qaror qabul qilmaydi, balki tafsilotlarni muhokama qiladi, pozitsiyalarni muvofiqlashtiradi va hujjatlar matnlarini tayyorlaydi. Dpa agentligi eslatishicha, Ukraina hali Shimoliy Atlantika alyansi a’zosi bo‘lmasa-da, o‘z «xavfsizlik faoliyatini u bilan yaqindan muvofiqlashtiradi».
Mavzuga oid
21:44 / 26.12.2025
«Rossiya Ukraina, Qozog‘iston va Kavkazni berib yuborgan». AQSh Putin va Bushning muzokaralari rasshifrovkasini maxfiylikdan chiqardi
15:05 / 24.12.2025
Vadeful: Ukraina bilan urush tugagach, RF NATOga hujum qilishi mumkin
10:44 / 19.12.2025
Bolton: Ukraina NATOga kirishga intilishdan voz kechmasligi kerak
14:44 / 16.12.2025