Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Xitoyga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirda China Gold, China Coal Resources, China Datang Corporation, Tianjin Rail Transit Group, Poly Changda, Tianjin Urban Construction, Jinchuan Group, China Synfuels, Jinchuan, ST Wonderful, Mizuda, World Agriculture, Dongzhu Ecology va boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Davlat rahbari Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini qayd etdi. O‘tgan yilning o‘zida investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi.
Uchrashuvda energetika, geologiya, qishloq va suv xo‘jaligi, kimyo, zargarlik sanoati, jamoat transportini modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026