Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Armaniston strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi
Tyanszinda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida Xitoy va Armaniston o‘rtasida strategik sheriklik bo‘yicha kelishuvga erishildi. Qo‘shma bayonotda Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanligi ta’kidlangan.
Foto: Andres Martinez Casares/AFP
Xitoy va Armaniston strategik sheriklik haqida kelishib oldi. Tegishli kelishuvga Xitoyning Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammiti doirasidagi uchrashuvda erishildi. «Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar Armaniston va Xitoy o‘rtasida strategik sheriklik o‘rnatilgani haqida e’lon qildi, bu haqda qo‘shma bayonot qabul qilindi», — deya ma’lum qildi Armaniston hukumati matbuot xizmati.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ShHT+ formatidagi sammitda va uning doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etmoqda. Qayd etilishicha, uchrashuvda Armaniston bosh vaziri va XXR raisi Si Jinping fan, ta’lim, madaniyat, turizm, axborot, metrologiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidlagan. Pashinyan Armanistonning Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish istagini tasdiqladi va ShHT doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Armaniston hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy rahbari o‘z mamlakati «Armaniston Respublikasining siyosiy mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini, Armaniston hukumatining «Dunyo chorrahasi» loyihasini va mintaqaviy kommunikatsiya yo‘llarini blokdan chiqarishni qo‘llab-quvvatlashini» ta’kidlagan.
Mavzuga oid
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
22:37 / 02.02.2026
Xitoy ketma-ket 16 yildan buyon dunyodagi eng yirik kemasoz davlat maqomini saqlab turibdi
20:40 / 02.02.2026
Xitoyda Birma mafiyasining yana to‘rt a’zosi qatl etildi
23:40 / 30.01.2026