Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers Putin va Zelenskiy o‘rtasida Jyenevada uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
Germaniya kansleri 4 sentabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan «ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishida Rossiya Federatsiyasi va Ukraina prezidentlari o‘rtasida Shveytsariya shahrida muzokaralar o‘tkazishni tavsiya qilishini aytdi.
Germaniya kansleri Fridrix Mersning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Rossiya prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putin o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar Jyenevada bo‘lib o‘tishi mumkin. 2 sentabr, seshanba kuni Berlinda Shveytsariya prezidenti Karin Keller-Zutter bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida Mers «Jyeneva o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun mos joy bo‘lardi», dedi.
Germaniya hukumati rahbari 4 sentabr kuni Parijda gibrid formatda bo‘lib o‘tadigan Ukraina bo‘yicha «ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishi chog‘ida Shveytsariyaning ushbu shahrida bunday sammit o‘tkazish taklifini bildirishini ta’kidladi. Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ham Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralarni Jyenevada o‘tkazish tarafdori ekanini aytgandi.
Keller-Zutter, o‘z navbatida, Shveytsariya hukumati Jyenevada Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi ikki tomonlama uchrashuvni tashkil etishga tayyorligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab xalqaro tashkilotlarning ofislari joylashgan shahar tinchlik muzokaralari uchun «ideal». «Bu odamlar hech bo‘lmaganda oldinga bir qadam qo‘yilishi va urushni to‘xtatishi uchun bir-biri bilan gaplashishi juda muhim», deb ta’kidladi Shveytsariya prezidenti. «Lekin, albatta, bu barcha tomonlarning muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi», — deydi u.
Mavzuga oid
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026