Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kitob o‘qigan mahkumlarning muddatini qisqartirish haqidagi qonun Senatdan o‘tdi
Qonun mahkumlarni axloqan tuzatish, ularda jamiyat qoidalari va an’analariga nisbatan hurmatni shakllantirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda.
Senatning o‘ninchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ma’qullandi.
Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksi shaxs tuzalish yo‘liga o‘tgani munosabati bilan jazoni o‘tash muddatini qisqartirishni nazarda tutuvchi 741-modda bilan to‘ldiriladi.
Bunda mahkum Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tasdiqlangan adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblarni o‘qisa va ushbu kitoblarni o‘qigani fakti tasdiqlansa, jazoni o‘tash muddati har bir o‘qilgan kitob uchun uch kunga, biroq bir yilda ko‘pi bilan 30 kungacha Komissiyaning xulosasiga asosan sud tomonidan qisqartirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu norma faqat jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinishi nazarda tutilgan (umrbod ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlardan tashqari) shaxslarga nisbatan tatbiq etilishi belgilangan. Tegishli o‘zgarishlar Jinoyat-protsessual hamda Jinoyat-ijro kodeksiga ham kiritiladi.
Xabarga ko‘ra, qonunchilikka kiritilayotgan ushbu o‘zgartirishlar bugungi kunda jazo muddatini o‘tayotgan 13,5 mingdan ortiq mahkumlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Mavzuga oid
16:35 / 23.06.2026
Talon-toroj va firibgarlik uchun “chiqish eshiklari” toraydi
13:08 / 23.06.2026
O‘zbekistonda korrupsionerlar reyestri nihoyat joriy etilmoqda
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026