Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: AQSh Sharqiy Yevropa davlatlari armiyalariga yordam berishni to‘xtatadi
Pentagon AQSh prezidenti Donald Trampning xorijiy yordamni «qayta ko‘rib chiqish va qayta taqsimlash» kursi munosabati bilan Sharqiy Yevropa mamlakatlari qurolli kuchlarini tayyorlash va jihozlash dasturini moliyalashni to‘xtatadi, deb yozadi FT.
Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda oldingi safda turishi mumkin bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlarining qurolli kuchlarini tayyorlash va jihozlash dasturini moliyalashtirishni to‘xtatadi. Pentagon vakillari bu haqda o‘tgan hafta yevropalik diplomatlarni xabardor qildi, deb xabar beradi Financial Times (FT) 4 sentabr, payshanba kuni.
FT ma’lumotlariga ko‘ra, bu AQSh Mudofaa vazirligining 333-bo‘limga muvofiq dasturi bo‘lib, unga ko‘ra Pentagon butun dunyo bo‘ylab ittifoqchi qo‘shinlarni o‘qitadi va jihozlaydi. Xarajatlar AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlanishi kerak, biroq Donald Tramp ma’muriyati dastur uchun qo‘shimcha mablag‘ talab qilmadi. Ilgari ajratilgan mablag‘lar 2026 yil sentabr oyi oxirigacha mavjud bo‘ladi, deya aniqlik kiritadi nashr.
2018 yildan 2022 yilgacha Vashington bu dasturga yevropalik hamkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,6 milliard dollar sarfladi, bu 333-bo‘lim bo‘yicha global xarajatlarning qariyb 29 foizini tashkil etdi. Mablag‘larning asosiy oluvchilari Estoniya, Latviya va Litva edi.
Mavzuga oid
19:55
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026