Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida biroz issiq ob-havo saqlanib turishi kutilmoqda
O‘zbekistonda dam olish kunlari kam bulutli va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kunduzi +30…+37, kechasi va ertalab +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.
Foto: Kun.uz
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Havo harorati kunduzi +30…+35 daraja, ba’zi joylarda +37 darajagacha, kechasi va ertalab +17…+22 daraja bo‘ladi.
5–6 sentabr kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–6 metr/soniya tezlikda esadi, 5 sentabrda ba’zi joylarda 8–10 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Harorat 5 sentabrda +35…+37 daraja, 6–7 sentabrda +33…+35 daraja, kechalari +18…+20 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:46 / 10.11.2025
O‘zbekistonda hafta davomida harorat ko‘tarilishda davom etadi
13:58 / 07.11.2025
Hafta oxiri havo nisbatan iliq bo‘lishi kutilmoqda
18:27 / 05.11.2025
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
13:43 / 03.11.2025