Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha AQShdan YaIM o‘sishi tufayli uni G20'ga taklif qilishni so‘radi
Polsha hukumati mamlakat bosh vaziri Donald Tuskning Polsha yalpi ichki mahsuloti hozirda bir trillion dollardan oshgani haqidagi bayonotidan so‘ng dunyoning iqtisodiyoti yetakchi «20 talik guruhi»dan joy olishga umid qilmoqda.
Polsha 2026 yilda «20 talik guruh» (G20)ga raislik qiladigan Qo‘shma Shtatlardan uni G20'ga taklif qilishni so‘radi. Bu haqda jurnalistlarga Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy ma’lum qildi, deb xabar berdi TVP World telekanali.
Mamlakat tashqi ishlar vazirining qo‘shimcha qilishicha, u Mayamidagi muzokaralar chog‘ida AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan bu masalani allaqachon muhokama qilgan va Polshada G20'ga qo‘shilish uchun yetarli asoslar bor, deb hisoblaydi. «Biz nafaqat dunyodagi eng yirik 20 ta iqtisodiyotdan biri sifatida, balki siyosiy va intellektual argument taqdim etuvchi davlat sifatida ham bunga haqlimiz», dedi Sikorskiy.
Shu kuni avvalroq mamlakat bosh vaziri Donald Tusk Polsha «trillioner davlat»ga aylanganini (yalpi ichki mahsuloti 1 trillion dollardan oshgani), bor-yo‘g‘i yigirmata davlatdan iborat «juda eksklyuziv klub»ga qo‘shilganini e’lon qildi. Telekanal keltirgan Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda Polsha yalpi ichki mahsuloti 980 milliard dollar atrofida bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:25
AQShdan deportatsiya qilingan 24 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga qaytarildi
10:10
Kubaning energetika sohasi AQSh sanksiyalari nishoniga aylandi
08:34
Eron bo‘yicha keskin burilish: AQSh zarbalarni bekor qildi
22:12 / 11.06.2026