Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Finlandiya bilan chegarada istehkomlar qurishni boshlaydi
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaning Finlandiya bilan chegarasida istehkomlar qurilishini mamlakatning NATOga qo‘shilishiga javob deb atadi. 1 sentabr kuni Finlandiyaning Mikkeli shahrida alyans qo‘mondonligining yangi shtab-kvartirasi ochildi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga ko‘ra Finlandiya bilan chegarada istehkomlar qurilishini ma’lum qildi. «Biz hozirgina Finlandiya bilan chegarada bo‘ldik. Agar u yerda harbiy harakatlar bo‘lmasa, demak, har xil devor va to‘siq inshootlari qurilmoqda. Davlat chegarasini qo‘riqlash ishonchliligini oshirish kerak», — dedi Medvedev 5 sentabr, juma kuni Svetogorsk shahridagi Finlandiya-Rossiya chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktiga tashrif buyurganidan keyin.
Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya chegarasi yaqinida «harbiy faollikning o‘sishi» seziladi. Medvedevning ta’kidlashicha, Finlandiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi Rossiyaning chegarani tartibga solish va «ehtimoliy nodo‘stona xatti-harakatlarni qaytarish» bo‘yicha harbiy yondashuvlarini o‘zgartirishni oldindan belgilab bergan.
Bundan tashqari, Rossiyaning sobiq prezidenti Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari muhokama qilingan Parijdagi «ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga izoh berdi.
Medvedev sammit chog‘ida qabul qilingan qarorlarni kelajakda hech qanday oqibatlarga olib kelmaydigan «bema’nilik» deb atadi.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026