Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi oromgohlarga o‘zbekistonlik bolalar jalb qilinadi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Primorsk o‘lkasidagi "Okean" Butunrossiya bolalar markazi rahbariyati bilan uchrashdi.
Diplomatlar dastlab bolalar uchun tashkil etilgan to‘garaklar, sport zallari, yotoqxonalar, oshxonalar va lagerning boshqa inshootlari bilan tanishdi. Markazga o‘zbekistonlik bolalarni jalb qilish, lager hududida O‘zbekiston burchagini tashkil etish, soha vakillari o‘rtasida tajriba almashish, mahorat darslari o‘tkazish va boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.
Rossiya Ta’lim vazirligi tarkibiga kiruvchi "Okean" Butunrossiya bolalar markazi 1984 yilda tashkil etilgan va u mamlakatning eng mashhur oromgohlaridan biri hisoblanadi. Markaz yil davomida uzluksiz ishlaydi. Har yili maktab yoshidagi bolalar bu yerda dam olishadi, ulardan mingdan ortig‘i xorijiy mamlakatlar vakillaridir. Ayni paytda markazda o‘zbekistonlik yigirma bir nafar bola hordiq olmoqda.
"Okean" lageri rahbariyati bilan uchrashuv yakunida O‘zbekiston maktab o‘quvchilarini ushbu oromgohga jalb qilish, lager kutubxonasiga nashr etilgan kitoblarni bepul taqdim etish, lagerda o‘zbek filmlari haftaligini o‘tkazish masalalari kelishib olindi.
Bundan tashqari, tomonlar lager hududida joylashgan kulolchilik maktabida o‘zbek kulollari ishtirokida mahorat darslari tashkil etish va O‘zbekistondagi bolalar oromgohlari va "Okean" lageri o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
18:46 / 08.07.2026
Smartfondan real ijodga: robototexnika bolalarni qanday rivojlantiradi?
16:32 / 29.06.2026
Avstraliya yo‘li tanlanadimi? O‘zbekistonda ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanishi mumkin
18:03 / 24.06.2026