Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp YeIga Google uchun jarima tufayli javob choralari bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Yevrokomissiyaning Google kompaniyasiga internet-reklama bozorini monopoliyaga olgani uchun qo‘ygan jarimasini «adolatsiz» deb atadi. Oq uy rahbari Bryusselni Amerika texnologiya kompaniyalari diskriminatsiyasida aybladi.
Foto: Kun.uz
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevrokomissiyaning Amerikaning Google kompaniyasiga nisbatan qo‘ygan 2,95 milliard yevro miqdoridagi jarimasini «adolatsiz» deb atadi va Yevropa Ittifoqiga javob choralari bilan tahdid qildi. «Yevropa Ittifoqi Amerika kompaniyalariga nisbatan bu amaliyotni darhol to‘xtatishi kerak!» - deya u 5 sentabr, juma kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozgan. U Googleʼdan tashqari, Yevropa Ittifoqi tartibga soluvchilari tomonidan bir necha bor jarimaga tortilgan Appleʼni ham eslatib o‘tdi.
Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Bryussel Amerika kompaniyalariga nisbatan «kamsitish harakatlari» bilan AQShning ish o‘rinlari va sarmoyalariga tahdid solmoqda. Agar jarimalar o‘z kuchida qolsa, Tramp 301-modda bo‘yicha boshqa davlatlarning AQSh uchun salbiy bo‘lgan savdo siyosatiga, jumladan, tariflarga qarshi javob choralarini ko‘rishni nazarda tutuvchi tartibni boshlashga va’da berdi.
Bryussel iddao qilishicha, Google 2014 yildan buyon o‘z xizmatlaridan raqobatchilar zarariga foydalanmoqda, bu Yevropa Ittifoqi faoliyati to‘g‘risidagi shartnomaning 102-moddasini buzish hisoblanadi. Yevropa komissiyasining tekshiruvi shuni ko‘rsatadiki, Google bozorda ustun mavqeni egallab, o‘z mahsulotlariga ustunlik berib kelmoqda.
Mavzuga oid
22:08 / 05.02.2026
Epshteyn ishi bo‘yicha materiallarda o‘zbekistonlik «model qiz» xatlari borligi ma’lum bo‘ldi
21:33 / 05.02.2026
«Epshteyn ishi»ning 5 ta muhim oqibati: nega bu ish hali tinchimasligi haqida
19:02 / 05.02.2026
O‘zbekiston va AQSh hukumatlari muhim foydali qazilmalar to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi
18:27 / 05.02.2026