Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekiston meva-sabzavotlarini qabul qiladigan markaz tashkil etiladi
O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Xakasiya rahbarining o‘rinbosari – respublika hukumati raisi Mixail Pobizakov boshchiligidagi Xakasiya hukumatining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi.
Muzokaralarning asosiy mavzusi qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘ldi.
Bosh konsul Aslam Akbarov O‘zbekistondan Xakasiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, shuningdek, Rossiyaning ushbu viloyatidan O‘zbekistonga chorva mollarini yetkazib berishni ko‘paytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Rossiya tomoni hududda mamlakatdan yetkazib berilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini ko‘paytirish maqsadida Xakasiyada kuniga 30-40 tagacha yuk mashinasida O‘zbekiston meva-sabzavotlarini qabul qila oladigan transport-logistika markazini tashkil etish taklifini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuvda mehnat migratsiyasi yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xakasiya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ittifoqi prezidenti Vladimir Sorokinning aytishicha, hozirgi kunda O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish zarurati juda dolzarb.
Tomonlar shu yil kuz faslida Xakasiya tadbirkorlarining O‘zbekiston hududlariga, shuningdek, Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Xakasiyaga biznes-missiyalarini uyushtirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
11:11 / 11.10.2025
O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksportidan 4 mlrd dollar ishlab topmoqchi
14:08 / 10.10.2025
Qishga zaxira: meva-sabzavotlarni tabiiy yo‘l bilan saqlashning zamonaviy va xalqona usullari
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025