Farmonga köra, 2025–2027 yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oşiriş, issiqxona xöjaliklari faoliyatini yanada rivojlantiriş hamda qöşilgan qiymat zanjirini yaratişning asosiy maqsadli körsatkiçlari belgilandi.
Unga köra, meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 2026 yilda – 3,5 milliard AQŞ dollari, 2027 yilda 4 milliard AQŞ dollariga yetkaziş rejalaştirilgan.
Issiqxona xöjaliklarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlagan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetiştiriş hajmini 2026 yilda – 620 ming tonnaga, 2027 yilda 670 ming tonnaga yetkaziş, uşbu mahsulotlarning eksporti hajmini 30 foizdan 70 foizga oşiriş közda tutilmoqda.
2026 yilda qöşimça aniqlangan 20 ming gektar, 2027 yilda 15 ming gektar dala çetiga mevali köçat va sabzavotlar ekiş taşkil etiladi.








