Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada TPO moddasi qo‘shilgan gel-laklardan foydalanish taqiqlandi
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotda mazkur fotoinitsiator, ya’ni nur ta’sirida kimyoviy reaksiyani boshlab beradigan, lakning tezroq qotishi va rangni uzoqroq saqlab turishni ta’minlaydigan modda bepushtlikka sabab bo‘lishi aniqlangan.
Yevropa Ittifoqi ko‘plab brendlarning gel-laklariga qo‘shiladigan asosiy modda – trimetilbenzoyl difenilfosfin oksid (TPO)ni inson salomatligi uchun xavfli deb topdi. Shu sabab sentabr oyidan boshlab barcha kosmetik mahsulotlarda uni ishlatish taqiqlandi.
Yevropa Komissiyasi uni CMR 1B toifasiga kiritdi. Bu toifa — saraton chaqirishi, genetik o‘zgarishlar keltirib chiqarishi yoki reproduktiv salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga oladi. Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlarda TPO bepushtlik xavfini oshirishi aniqlangan. Insonlarda bu holat hali to‘liq isbotlanmagan bo‘lsa-da, ehtiyot chorasi sifatida Yevropa uni mutlaqo taqiqlash yo‘lini tanladi.
Endilikda Yevropada ishlab chiqariladigan va sotiladigan barcha gel-laklar TPO’siz bo‘lishi shart. Shuningdek, Norvegiya va Shveytsariya kabi mamlakatlardagi salonlar ushbu mahsulotlarni sotmasligi, mavjud zaxiralarni esa yo‘q qilishi kerak. Ishlab chiqaruvchilarga mahsulot formulalarini o‘zgartirib, TPO’siz variantini ishlab chiqish majburiyati yuklatilgan.
Ko‘plab go‘zallik brendlari va zavodlar o‘z komponentlari (prekursorlar, fotoinitsiatorlar, pigmentlar) hamda tayyor mahsulotlarini xalqaro bozorga yo‘naltiradi. Bu sohada Yevropa eng katta yetkazib beruvchilardan biri va asosiy bozor ekanligi hisobga olinsa, u yerda qonunchilik o‘zgarishi yetkazib beruvchilarni ishlab chiqarishni to‘xtatishga yoki tarkibni o‘zgartirish, Yevropa bozoriga moslash uchun mahsulotlarini qayta formulalashga majbur qiladi.
Mutaxassislarning aytishicha, bu jarayonda kerakli xomashyo yoki tayyor mahsulotni Yevropadan oladigan bo‘lsa, hatto AQShdagi kompaniyalar ham ta’minotning uzilishi yoki narx oshishi bilan yuzma-yuz kelishi mumkin.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026