Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent farmatsevtika instituti shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin
Institutning “Oybek” metro bekati yonidagi hozirgi binosi o‘rniga 5 yulduzli mehmonxona qurish taklif etilmoqda. Taklif mualliflari – Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi. Oliygohni Zangiotadagi Pharma Park hududiga ko‘chirish ko‘zda tutilgan.
Toshkent farmatsevtika instituti shahar tashqarisiga ko‘chirilib, o‘rniga 5 yulduzli mehmonxona qurilishi mumkin.
Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ana shunday taklif bilan chiqmoqda.
Bu taklif tungi iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori loyihasiga kiritilgan. Ishlab chiqilgan loyihani Strategik islohotlar agentligi o‘z saytiga joylashtirdi.
Unga ko‘ra, Toshkent farmatsevtika institutini Toshkent viloyatida joylashgan “Tashkent Pharma Park” hududiga ko‘chirgan holda, bo‘shagan yer maydonida 1 000 o‘rinlik avtoturargoh qurib davlat tasarrufiga o‘tkazish majburiyati bilan, zamonaviy 5 yulduzli mehmonxona barpo etish taklif etilyapti.
Toshkent farmatsevtika instituti 1937 yilda tashkil etilgan. Asosiy o‘quv binosi poytaxt markazida, “Oybek” metro bekati yaqinida joylashgan.
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri – Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzurida bo‘lib, farmatsevtika parki ham, agentlik ham Zangiota tumanida, yuqumli kasalliklar shifoxonasi yaqinida joylashgan.
Mavzuga oid
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
15:47 / 25.06.2026
Toshkentda tug‘uruqqa sog‘lom kirgan 21 yoshli ayol ikki oydan buyon og‘ir ahvolda
14:36 / 25.06.2026
Samarqand viloyati hokimi o‘qituvchilarni ko‘cha nazoratchisiga aylantirishni buyurdi
12:29 / 25.06.2026