O‘zbekiston | 10:58 / 10.09.2025
13265
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Turkiyadagi fuqarolari ogohlantirildi

Istanbul shahrida norozilik namoyishlari kuzatilmoqda.

Foto: Berk Ozkan / AP

Turkiya hukumati tomonidan xavfsizlik chorasi sifatida:

- 11 sentabrga qadar 6 tumanda, jumladan Beshiktosh tumani hududida (Bosh konsulxona joylashgan), ommaviy tadbirlarga vaqtincha taqiq joriy etildi;
- xorijiy messenjerlardan foydalanishda cheklovlar mavjud.

O‘zbekiston fuqarolariga:

- odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish;
- namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik;
- mahalliy tartib-qoidalarni qat’iy rioya etish tavsiya etiladi.

Favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaning quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: +90 (212) 909 08 04.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid