Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yetib keldik! – Tramp Rossiya dronlari Polsha havo hududini buzgani haqida
10 sentabr kuni Polsha Qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi Polsha hududiga uchib kirgan bir nechta «Rossiya droni» yo‘q qilingani haqida xabar berdi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp 10 sentabrga o‘tar kechasi Rossiya dronlari tomonidan Polsha havo hududining buzilganiga izoh berdi.
«Rossiya dronlari Polsha havo hududini buzdi? Yetib keldik!», deb yozdi Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoqda.
10 sentabr kuni Polsha Qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi Polsha hududiga uchib kirgan bir nechta dron yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Mamlakat bosh vaziri Donald Tusk bu dronlarni Rossiyaniki deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar «to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘dirgan» dronlarni urib tushirgan.
Shundan so‘ng, NATO Shimoliy Atlantika shartnomasining 4-moddasini qo‘lladi, unga ko‘ra, NATO a’zolari, agar ularning hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligi yoki xavfsizligi tahdid ostida bo‘lsa, bir-biri bilan maslahatlashadi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kremlga Polsha rasmiylaridan dronlar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha so‘rovlar kelib tushmagan.
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
22:43 / 17.01.2026
Tramp Yevropaning qator mamlakatlariga nisbatan bojlar kiritilishini e’lon qildi
21:35 / 17.01.2026