Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Notariuslar faoliyatida ayrim o‘zgarishlar joriy etiladi
“Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2026 yil 1 apreldan davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘rniga axborot texnologiyalaridan foydalanib, 2 bosqichli yagona tanlov tartibi joriy etiladi:
➖ 1-bosqichda talabgorlar davlat va jamiyat boshqaruvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi sohalari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadi;
➖ 2-bosqichda test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar Oliy malaka komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan amaliy imtihonda notarial harakatlarning loyihalarini maxsus elektron platformada tayyorlaydi va muammoli masalaga (kazusga) javob beradi.
Shuningdek, 2026 yil 1 apreldan:
🔸 xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius kasbiy faoliyatini uzrli sabablarga ko‘ra bajara olmaganda, uning arizasiga asosan litsenziyasining amal qilish muddati to‘xtatib turiladi;
🔸 notarius litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatishdan tashqari ogohlantirish va jarima ko‘rinishidagi muqobil ta’sir choralarini qo‘llash mexanizmi joriy etiladi;
🔸 notarial rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar notariusning imzosi, muhri va/yoki QR kod (matrik shtrixli kod) bilan tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
11:40 / 04.05.2026
O‘zbekistonda avtomobilni qanday rasmiylashtirish va ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?
09:09 / 14.04.2026
O‘zbekistonda elektron tijorat uchun bond omborlari tashkil etiladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026