Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Rossiya dronlarining Polsha hududiga kirishiga javoban operatsiya boshlanganini e’lon qildi
Missiyaga Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya qo‘shilgani ta’kidlanmoqda.
Foto: AFP
NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya dronlari Polsha havo hududiga kirganidan keyin Yevropaning sharqiy qanoti mudofaasini kuchaytirish uchun «Sharqiy qo‘riqchi» (Eastern Sentry) operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
«Bu aqlsizlik va nomaqbul. Biz Rossiya dronlarining ittifoqchilar havo hududiga bostirib kirishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», dedi Ryutte. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda missiyaga Daniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniya qo‘shilgan. Operatsiyaning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Polsha havo hududini himoya qilish uchun Rafale qiruvchi samolyotlarini qo‘llashga va’da berdi.
11 sentabr kuni Polsha ittifoqchilardan Rossiya bosqinidan yaxshiroq himoyalanish uchun havo hujumidan mudofaa tizimlari va dronlarga qarshi qo‘shimcha texnologiyalarni taqdim etishni so‘radi. NATO kuchlari 10 sentabr kuni Rossiyaning Ukrainaga so‘nggi keng ko‘lamli havo hujumi paytida Polsha chegarasini kesib o‘tgan dronlarni urib tushirgan edi.
Mavzuga oid
11:53
Polshada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
18:09 / 23.03.2026
Polshalik erkak haydovchilik guvohnomasi olish uchun nazariy imtihondan 139-urinishda o‘tdi
08:30 / 23.03.2026
O‘zbekiston Polsha tajribasini agrar sohaga joriy etishni ko‘zlamoqda
12:11 / 21.03.2026