Iqtisodiyot | 08:24 / 12.09.2025
4816
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Britaniyaga mahsulotlar eksporti ikki barobar oshdi

O‘zbekistondan Britaniyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining navbatdagi partiyasi yetkazib berildi.

Foto: Dunyo

Jumladan, Exim Dried Fruits Imporve Group korxonasi 2 tonna qovun va uzumni Baykoos Foods Ltd kompaniyasi buyurtmasi asosida Londonga yetkazib berdi.

O‘zbekiston mahsulotlari Britaniya bozorida mazali ta’mi, sifati va raqobatbardoshligi bilan xaridorlar orasida tobora katta talabga ega bo‘lib bormoqda.

2025 yilning dastlabki olti oyi davomida O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ikki barobarga oshdi.

Bunday natijaga erishishda joriy yil iyun oyida Londonda birinchi bor o‘tkazilgan "O‘zbekiston mahsulotlari" savdo yarmarkasining hissasi katta bo‘ldi. Yarmarka kunlari 20 dan ortiq yetakchi o‘zbek eksportyor korxonalari vakillaridan iborat delegatsiya Londonda bo‘ldi va yirik ulgurji bozorlar hamda meva-sabzavot importi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar omborlari bilan tanishdi. O‘tkazilgan tadbirlar va uchrashuvlarda britaniyalik salohiyatli kompaniyalar bilan dastlabki eksport kelishuvlariga erishildi.

Bugungi kunda O‘zbekistondan Britaniya bozorlariga 30 xildan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinmoqda.

Mavzuga oid