Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Polshadagi Rossiya dronlari haqida: Bu tasodifan yuz bergan bo‘lishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining Polsha havo hududiga bostirib kirishini qoralab, bu tasodifan sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini tan oldi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining Polsha havo hududiga bostirib kirishini qoralar ekan, bu beixtiyor, xato tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda Tramp 12 sentabr, payshanba kuni aytdi, deb yozadi Bloomberg.
«Bu xato bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo, shunday bo‘lsa ham, men bu butun vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan narsalardan mamnun emasman», dedi Tramp Oq uyda jurnalistlarga. U «bu ishlar nihoyasiga yetishiga» umid bildirdi.
Tramp qo‘shimcha qilishicha, u Rossiyani «hatto shu chiziqqa yaqin bo‘lgani uchun» qoraladi. «Menga bu yoqmaydi. Men bundan mamnun emasman», dedi prezident.
10 sentabrga o‘tar kechasi, Rossiya Ukrainaga yirik zarbalar berayotgan paytda, kamida 19 ta dron Polsha chegarasini kesib o‘tdi. Dronlarni tutib olish uchun Polsha samolyotlaridan tashqari boshqa NATO davlatlarining qiruvchi samolyotlaridan ham foydalanilgan. Dron parchalari Belarus va Ukraina bilan chegara yaqinidagi Viriki qishlog‘idagi turar joy binosiga zarar yetkazdi, qurbonlar yo‘q.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026