Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
40 dan ortiq davlat Rossiyani xalqaro huquqni buzganlikda aybladi
40 dan ortiq davlat, shu jumladan Qo‘shma Shtatlar Rossiya uchuvchisiz samolyotlarining Polsha havo hududiga bostirib kirgani bo‘yicha BMTda xavotir bildirdi.
Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining mamlakat havo hududiga bostirib kirishi munosabati bilan BMTdagi Polsha bayonotiga Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa 40 dan ortiq davlat qo‘shildi. G‘arb ittifoqchilari Varshava bilan to‘liq birdamlik bildirgan holda, Rossiya uchuvchisiz uchoqlari tomonidan mamlakat havo hududi ataylab buzilganini qoraladi, deb xabar qildi Yevropa Ittifoqining BMTdagi delegatsiyasi 13 sentabr, shanbaga o‘tar kechasi.
Moskva xalqaro huquq va BMT nizomini buzganlikda ayblangan qo‘shma bayonot Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan oldin Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Marchin Bosatskiy tomonidan o‘qib eshittirildi. Hujjatga Germaniyaning jahon tashkilotidagi doimiy vakolatxonasi ham qo‘shildi.
Bayonotda, shuningdek, Rossiya «Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush»ni to‘xtatishga va boshqa provokatsiyalardan tiyilishga chaqiriladi.
Mavzuga oid
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026