Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda issiqlik stansiyasi minorasiga chiqib, qaytib tusholmagan fuqaro qutqarildi
FVB qutqaruvchilari maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaroni sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushishgan.
Toshkent shahrida FVV qutqaruvchilari tomonidan og‘ir vaziyatda qolgan fuqaroga yordam berildi.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, 13 sentabr kuni soat 07:33 da Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi fuqaro issiqlik stansiyasi minorasiga chiqib, qaytib tusholmagan.
Shundan so‘ng ushbu holat bo‘yicha «112» tizimi orqali FVBga xabar berilgan.
Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaroni sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushishgan.
Avvalroq Namangan viloyatida 25 metr kubli sig‘im ichiga tushgan 3 nafar fuqaro qutqarib qolingandi.
Mavzuga oid
12:29
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
09:40 / 18.06.2026