Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
300 mingdan ortiq falastinlik G‘azo shahrini tark etdi – fotosuratlar
Isroil shaharni egallash bo‘yicha amaliyot boshlashni rejalashtirmoqda.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu 2025 yil 8 sentabrda G‘azo shahrini egallash bo‘yicha operatsiya tez orada boshlanishini e’lon qildi. U o‘z videomurojaatida mahalliy aholini evakuatsiya qilishga chaqirdi. Shundan so‘ng odamlar ommaviy ravishda o‘z uylarini tark eta boshladi – ularning aksariyati G‘azo sektori janubiga yo‘l olmoqda. Shu bilan birga, shahar atrofida harbiy harakatlar kuchayishda davom etmoqda. 14 sentabr kuni Isroil mudofaa kuchlari Hamas tomonidan foydalanilgani aytilayotgan uchta baland binoga zarba berdi. Mahalliy shifoxonalar xodimlari ushbu hujum oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘lganini xabar qilishgan. TSAHAL hisob-kitoblariga ko‘ra, shahardan allaqachon 300 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo va uning atrofida yaqin vaqtgacha bir millionga yaqin odam yashagan. Meduza nashri Nusayrat qochqinlar lageri hududidagi yo‘lda va sektor janubida olingan suratlarni e’lon qildi.
Mavzuga oid
23:02 / 14.04.2026
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnov tiklandi
21:42 / 14.04.2026
Eron beshta arab davlatidan tovon puli to‘lanishiga erishmoqchi
13:30 / 13.04.2026
AQSh chekinsa, Isroil yadroviy variantni tanlaydimi?
21:34 / 12.04.2026