Jahon | 08:48 / 15.09.2025
2945
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha Trampning RF dronlari tasodifan uchib kelgani haqidagi so‘zlarini rad etdi

Polsha ham Rossiyaning dronlar hujumi xato bo‘lishini istardi, ammo unday emas, dedi Donald Tusk. Dpa agentligining NATOdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, dronlardan biri Ukrainaga harbiy yordam markazini nishonga olmoqchi bo‘lgan.

Foto: Anita Walczewska/Eastnews/IMAGO

Varshava rasmiylari AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya uchuvchisiz uchoqlari Polshaga tasodifan uchib kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonotini rad etdi. Polsha bosh vaziri Donald Tusk X ijtimoiy tarmog‘ida: «Polshaga uchuvchisiz uchoqlar hujumi xato bo‘lishini istardik. Lekin unday emas. Biz buni bilamiz», deb yozdi.

Dpa axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning kamida bitta uchuvchisiz uchog‘i Polshaning Jyeshuv aeroportida joylashgan Ukrainaga harbiy yordam tarqatish markazi tomon uchgan. Shu bois harbiylar dronning bostirib kirishi tasodifiy bo‘lganini ehtimoldan yiroq deb hisoblamoqda, deya xabar bermoqda dpa NATOdagi manbalariga tayanib.

Avvalroq Donald Tramp Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining Polsha havo hududiga bostirib kirganini qoralar ekan, bu qasddan sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini tan oldi. «Bu xato bo‘lishi mumkin edi, lekin har qanday holatda ham, men butun vaziyat bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsadan mamnun emasman», dedi AQSh prezidenti Oq uyda jurnalistlarga. U «bu ishlar tugashiga» umid bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, u Rossiyani «hatto bu chiziqqa yaqin bo‘lgani uchun» qoralaydi. «Bu menga yoqmaydi. Men bundan mamnun emasman», dedi Tramp.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid