O‘zbekiston | 16:08 / 15.09.2025
2135
2 daqiqa o‘qiladi

Texnikumlarning o‘qituvchi va ustalariga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

Texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi. Shuningdek, ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Maktabdagi kabi texnikumlarning o‘qituvchi va ustalari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, shu orqali texnikum ustozlariga milliy sertifikat uchun oyligining 30 foizi, xalqaro sertifikatga esa 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.

Shu bilan birga, texnikum direktori va o‘rinbosarlariga maktabdagi hamkasblaridan kam bo‘lmagan oylik qilib beriladi. Agar ular «Direktorlar maktabi»da menejerlik sertifikatini olsa, yana qo‘shimcha 20 foiz ustama to‘lanadi.

Endilikda texnikumlarda ham oliygohlardagi kabi ilmiy daraja va unvonlar uchun ustamalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar ustalar esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid