Şahardagi boğçalarga muzlatilgan va sifati buzilgan göşt mahsulotlari tarqatilgani ma’lum qilinmoqda. Boğça mudiralari bolalarga muzlatilgan göşt beriş mumkin emasligini aytgan. Ta’minotçi korxona (autsorsing) vakili mudiraga bosim qilib, “kerak bölsa boşqa narsa ham berasiz”, degan.

Joriy yilning 9 sentabridan Samarqand viloyatidagi maktabgaça ta’lim taşkilotlari yangi autsorsing kompaniyasi bilan işlay boşladi. Ammo dastlabki kundanoq ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklar paydo böldi.

Samarqand şahridagi köplab boğçalarga yetkazib berilgan mahsulotlar, ayniqsa göşt sifati haqida şikoyatlar köpaydi. Xabarlarga köra, boğçalarga muzlatilgan va hatto hidlangan göşt tarqatilgan.

Kun.uz uşbu holat böyiça jurnalistik suriştiruv olib bordi.

Samarqand şahridagi 38-maktabgaça ta’lim taşkiloti mas’ullari 10 sentabr kuni keltirilgan göşt mahsulotlarini qaytarib yuborganini bildirdi. Şu kuni ular köçadan boşqa göşt xarid qilib, bolalar taomiga solişgan. Şuningdek, sut keragidan ança kam olib kelingan.

36-maktabgaça ta’lim taşkilotida ham xuddi şunday holat kuzatilgan. Boğça hamşirasi Nilufar Ölmasova muzlatilgan göştning sifat sertifikati taqdim etilmagani uçun mahsulotdan foydalanmagan. Ta’minotçidan hujjat talab qilinganda, ular sertifikat taqdim qila olmagan.

Boşqa boğçada esa mahsulotni qaytariş jarayonida ta’minotçi vakili boğça mudirasini rahbari bilan boğlab bergan. Mudira: “Bolalarga muzlatilgan göşt bermaymiz”, degan paytda unga: “Undan ham battarini berib yuborasiz”, degan tahdidli javob qaytarilgan.

Şahardagi yana bir boğçaga 45 litr örniga atigi 13 litr sut yetkazilgani aniqlandi.

Umuman, Samarqand şahridagi köplab maktabgaça ta’lim taşkilotlarida şunga öxşaş muammolar kuzatilgani haqida ma’lumotlar bor. Aksariyat boğçalarga sut umuman yetkazilmagan yoki keragidan kam miqdorda olib kelingan.

Samarqand viloyati maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi şu’ba rahbari Salohiddin Nomirovning aytişiça, “LAZZATLI HALOL OSHXONA” kompaniyasi Samarqand şahridan taşqari Toyloq, Urgut va Payariq tumanlari uçun ötkazilgan tenderda ğolib bölgan.

Biroq birinçi kundanoq köplab e’tirozlarga sabab bölgan kompaniya haqida boşqarmaning özida ham töliq ma’lumot yöq. Nomirovning sözlariga köra, korxona hali faoliyatni endi boşlagan va “kamçiliklarni asta-sekin bartaraf qilişi mumkin”. Şu bilan birga, boşqarma hozirça kompaniyadan rasmiy izoh yoki hisobot talab qilmagan.

Tender şartlarida sifat nazorati qanday belgilangan? Nega mas’ullar birinçi kundanoq nazorat örnatmadi? Kompaniya mahsulotlarni qayerdan olyapti va nima uçun sertifikat taqdim qila olmadi? Bu kabi mahsulotlar yetkazib berilişi ortida manfaatlar töqnaşuvi yoki korrupsiya yöqmi? Savollar hozirça oçiq qolmoqda.

Darvoqe, Samarqand viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi mas’ul xodimi Iroda Aripova bilan ham boğlandik. Mutaxassis ta’kidlaşiça, boğçalarga muzlatilgan göşt yetkazib berilişi amaldagi sanitariya me’yorlariga zid.

Bolalar ovqati masalasida xatoga yöl qöyiş mutlaqo mumkin emas. Har bir sifatsiz mahsulot, avvalo, soğliq uçun xavf hisoblanadi. Şu bois mas’ul idoralar bu holatni yuzaki emas, çuqur örganib, oçiq qolgan savollarga javob berişi lozim.

Ma’lumot uçun, hukumatning şu yil yanvardagi 1-son qarori asosida davlat boğçalari autsorsing asosida ovqatlantirilişi tartibi belgilandi.

Etender.uzex.uz'dagi ma’lumotlarga köra, Samarqand viloyati boğçalarini olgan autsorser kompaniyalar hududlar kesimida quyidagiça taqsimlangan:

1. Samarqand şahar: “Lazzatli-Halol Oshxona” MÇJ;

2. Payariq tumani: “Lazzatli-Halol Oshxona” MÇJ;

3. Samarqand tumani: “Lazzatli-Halol Oshxona” MÇJ;

4. Toyloq tumani: “Lazzatli-Halol Oshxona” MÇJ;

5. Urgut tumani: “Lazzatli-Halol Oshxona” MÇJ;

6. Bulunğur tumani: “Lazzatli-Halol Oshxona” MÇJ;

7. Iştixon tumani: “Proof-Food” MÇJ;

8. Nurobod tumani: PROOF-FOOD MÇJ;

9. Jomboy tumani: Jasur Fermer Xöjaligi;

10. Kattaqörğon tumani: “Lazzat Luks” MÇJ;

12. Qöşrabot tumani: “Lazzat Luks” MÇJ;

12. Narpay tumani: “Lazzat Luks” MÇJ;

13. Oqdaryo tumani: “Lazzat Luks” MÇJ;

14. Paxtaçi tumani: “Lazzat Luks” MÇJ;

15. Past Darğom tumani: “Ekspres Kelajagi Fayzli Tong” MÇJ.

Ma’lumot uçun, autsorsing (inglizça: autsourcing) — bu bir kompaniyaning öz faoliyatidagi ayrim iş, xizmat yoki jarayonlarni taşqi taşkilotga (yoki şaxsga) topşirişi, ya’ni ularni “taşqaridan” bajarişga buyurtma berişidir. Oddiy qilib aytganda, bunda ma’lum xizmat pul evaziga taşqi kompaniya tomonidan amalga oşiriladi.

Isomiddin Pölatov
Faxriddin Xotamov
Kun.uz