Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari Saudiyaga mavsumiy ishlarga jalb etilishi mumkin
Qurilish-muhandislik sohasi va Haj mavsumida qassoblarni jalb qilish masalasini o‘rganishga kelishib olindi.
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vazirligining Jidda va Makka shaharlari boshqarmasi rahbari Abdulloh bin Abdurahmon Ismoil bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, O‘zbekiston fuqarolarini qonuniy tarzda ishga joylashtirish, ish beruvchi kompaniyalar bilan aloqalar o‘rnatish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Saudiya vakili Jidda va Makka hududlarida vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining soni juda kamligini ma’lum qildi.
Suhbatdoshlar vatandoshlarni Saudiya Arabistonida mavsumiy ishlarga joylashtirish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Xususan, qurilish-muhandislik sohasi va Haj mavsumida qassoblarni jalb qilish masalasini o‘rganishga kelishib oldi.
Shuningdek, Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vazirligi, ish beruvchi kompaniyalar, mamlakat Bosh konsulxonasi, O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil va unda mavsumiy ishchilarni jalb etish masalalarini muhokama qilish yuzasidan ahdlashib olindi.
Mavzuga oid
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026