Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya NATO chegaralari yaqinidagi manyovrlarda "Tsirkon" raketasini sinovdan o‘tkazdi
Moskva Barens dengizidagi nishonga "Tsirkon" gipertovushli raketasi muvaffaqiyatli uchirilganini e’lon qildi. Sinov Rossiya va Belarus NATO bilan keskinlik sharoitida o‘tkazayotgan keng ko‘lamli "Zapad-2025" manyovrlari doirasida bo‘lib o‘tdi.
Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi
Rossiya «Zapad-2025» harbiy mashg‘ulotlarida «Tsirkon» gipertovushli raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Barens dengizidagi nishonga uchirilgan va uni to‘g‘ridan to‘g‘ri urgan.
«Zapad-2025» mashg‘ulotlari 12 sentabrda boshlangan va Rossiya va Belarus hududida, shuningdek, Boltiqbo‘yi va Barens dengizlari suvlarida bo‘lib o‘tmoqda. Ularda har ikki davlatning shtablari va qo‘shinlari ishtirok etyapti. Moskvaning ta’kidlashicha, bu manyovrlar Ittifoq davlatini himoya qilish va «hududiy yaxlitlikni tiklash»ga qaratilgan.
Polsha va uning NATOdagi ittifoqchilari 10 sentabr kuni Polsha harbiylari Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari tomonidan mamlakat havo hududi buzilgani haqida xabar berganidan so‘ng, yuqori shay holatga keltirildi. Polsha o‘z ittifoqchilari ko‘magida bir nechta obektlarni urib tushirdi. Moskva voqeaga aloqadorligini rad etdi.
Mavzuga oid
13:13 / 16.01.2026
Germaniya NATOning keng ko‘lamli mashqlarini qabul qilmoqda
22:18 / 15.01.2026
Grenlandiyaga yevropalik harbiylar kela boshladi
22:42 / 14.01.2026
Muzliklar uzra katta raqobat: Grenlandiya AQShga nega kerak?
15:42 / 14.01.2026