Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvning yagona shartini aytdi
Men hech qanday shartlarsiz uchrashishga tayyorman, dedi Ukraina rahbari.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uch tomonlama yoki ikki tomonlama formatda «oldindan shart qo‘ymasdan» uchrashishga tayyorligini aytdi.
«Men prezident Tramp va Putin bilan uch tomonlama yoki ikki tomonlama formatda uchrashishga tayyorman... Men hech qanday shartlarsiz uchrashishga tayyorman», dedi Zelenskiy.
Shu bilan birga, u Moskvaga muzokaralar uchun bormoqchi emasligini, biroq Rossiyadan boshqa istalgan mamlakatda uchrashish takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini ta’kidladi.
Avvalroq Putin Zelenskiy uchrashuvga tayyor bo‘lsa, Moskvaga kelishi kerakligini aytgandi. Zelenskiy bu taklifni rad etdi va Putinni Kiyevga muzokaralarga chaqirdi.
16 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Zelenskiy Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Moskva bilan «bitim tuzishi» kerakligini aytdi. Gap aynan qaysi bitim haqida ketayotganiga Tramp aniqlik kiritmadi. Amerika yetakchisi, shuningdek, Zelenskiy va Putinning ehtimoliy muzokaralarida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
15:21 / 07.06.2026
Ukraina armiyasi Qrimga olib boruvchi trassani o‘lim yo‘liga aylantirdi
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
21:35 / 06.06.2026
Abramovich Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashgan – ukrainalik deputat
08:40 / 06.06.2026