Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 mart kuni Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilişga qaratilgan qonunni imzoladi.
Qonun – “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida” deb nomlanadi.
Qonun asosida Soliq va Fuqarolik kodekslari hamda 7 ta qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Xususan:
- qonunçilikka islomiy bank faoliyati, islomiy moliya operatsiyalari, islomiy moliya standartlari hamda investitsiyaviy omonat (depozit) tuşunçalari kiritildi;
- islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya joriy qilinib, mazkur litsenziyani oliş böyiça aniq talablar örnatildi;
- islomiy bank faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyaga ega banklar tomonidan amalga oşiriladigan islomiy moliya operatsiyalari röyxati tasdiqlandi;
- islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi banklarga bevosita savdo faoliyatini amalga oşirişga hamda yuridik şaxslarni taşkil etiş va yuridik şaxslarning ustav fondlaridagi uluşlarni yoki aksiyalarni çeklovlarsiz olişga ruxsat berildi;
- islomiy moliya faoliyati bilan boğliq masalalarni muvofiqlaştiriş maqsadida Markaziy bank va banklarda islomiy moliya kengaşini taşkil etiş hamda uning faoliyatiga doir talablar belgilandi.
Qonunda islomiy moliya operatsiyalariga soliq solişning öziga xos xususiyatlari ham belgilangan.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan söng kuçga kiradi.
Avvalroq Özbekistonda 2030 yilgaça ikkita islomiy bank oçilişi ma’lum qilingan edi. Joriy yilda esa kamida bitta tijorat bankida islomiy “darça” faoliyatini yölga qöyiş közda tutilgan.












