Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik talaba va o‘qituvchilar Hindiston klinikalarida stajirovka o‘taydi
Hindistonning ERA universiteti bosh direktori Ali Xon rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga safari doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida (ADTI) bo‘ldi.
Foto: Dunyo
Tomonlar oliy tibbiyot ta’limi sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari, jumladan, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari, simulyatsion ta’limni rivojlantirish, shuningdek, ilmiy tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida o‘zbekistonlik talaba va o‘qituvchilarning Hindiston klinikalarida stajirovka o‘tashini nazarda tutuvchi shartnoma imzolandi.
Hindistonlik mehmonlar ADTI, xususan, uning klinik bazasi va simulyatsion markazi faoliyati bilan tanishdi, shuningdek, ushbu oliy ta’lim muassasasida hindistonlik yoshlarning ta’lim olish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
ERA universiteti delegatsiyasi Nukus shahriga ham bo‘lib, qo‘shma loyihalar amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026