Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Polsha Investitsiyalar agentligi vakolatxonasi ochiladi
O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha Hukumatlararo komissiyasi hamraisi Mixal Yaros uchrashuv bilan o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qishloq xo‘jaligi va veterinariya yo‘nalishlaridagi ikki tomonlama hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston va Polsha hududlararo hamkorlik holati va istiqbollariga e’tibor qaratildi.
2025 yil fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasining sakkizinchi yig‘ilishi va biznes-forum yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
Joriy yil noyabr oyi oxirida Polsha Investitsiyalar va savdo agentligining Toshkent shahrida vakolatxonasi ochilishi nafaqat Polsha kompaniyalari, balki o‘zbek biznes doira vakillari uchun ham yangi bozorlarga kirish hamda o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Mixal Yaros O‘zbekiston Polsha uchun Markaziy Osiyodagi eng muhim va istiqbolli hamkor ekanini ta’kidlash barobarida, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklik holatini ijobiy baholadi. "2025 yil o‘zbek-polyak aloqalari tarixida burilish nuqtasi bo‘ldi", dedi u.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026