Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Demokratlar Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishni talab qilishdi
Demokratlar respublikachilarni hukumat ishini moliyalashtirish bo‘yicha ikki partiyali maslahatlashuvlar o‘tkazishdan bosh tortishda ayblashmoqda.
Foto: Getty Images
AQSh kongressidagi demokratlar yetakchilari federal hukumat ishi to‘xtab qolishining oldini olish bo‘yicha kelishib olish uchun prezident Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazishni talab qilishdi.
"Respublikachilarning sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishmaslikni davom ettirish niyati bois sizning hukumat ishini to‘xtatib turish haqidagi qaroringiz tufayli uchrashuv o‘tkazilishini talab qilamiz", - deyiladi demokratlarning Trampga maktubida.
Demokratlar respublikachilarni hukumat ishini moliyalashtirish bo‘yicha ikki partiyali maslahatlashuvlar o‘tkazishdan bosh tortishda ayblashmoqda.
Avvalroq vakillar palatasi spikeri respublikachi Mayk Jonson demokratlar "hukumat ishini to‘xtatishga urinishayotgani"ni aytgandi. Jonsonning fikricha, demokratlar hukumat ishini moliyalashtirishni davom ettirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilish uchun bajarib bo‘lmas talablarni ilgari surishmoqda.
19 sentabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp agarda kongressdagi respublikachilar va demokratlar 1 oktyabr kuni ushbu qonun loyihasi bo‘yicha murosaga kelmaydigan bo‘lsa, federal hukumat ishi to‘xtatilishi mumkinligini bildirgandi. Senat o‘sha kuni federal hukumat ishini moliyalashtirishni davom ettirish to‘g‘risidagi ikkita qonun loyihasini rad etgandi.
Mavzuga oid
22:19 / 23.03.2026
Agar hammasi reja bo‘yicha ketsa – Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi haqida
19:45 / 23.03.2026
Tramp: Eron kelishuv tuzishni xohlamoqda
17:01 / 23.03.2026
Tramp Eron elektr stansiyalariga zarba berishni kechiktirdi
16:22 / 23.03.2026