Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1-kurslar kontrakt to‘lovi miqdorining kamida 25 foizini 30 oktyabrgacha to‘lashi mumkin
2025-2026 o‘quv yilida respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini to‘lash muddati 2025 yil 30 oktyabrgacha uzaytirildi.
Foto: Kun.uz
Shuningdek, respublika oliy ta’lim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan hamda tavsiyanoma asosida suhbat orqali oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan abituriyentlar uchun 2025-2026 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdori belgilangan bazaviy to‘lov-kontraktga nisbatan 2 barobar etib belgilanadi.
Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq 2025-2026 o‘quv yili uchun respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 1320 ta davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.
2025 yil 29 sentabrdan 5 oktyabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun mazkur bayon bilan tasdiqlangan davlat buyurtmasi parametrlariga (talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha) abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 2025 yil 12 oktyabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:38 / 04.12.2025
Andijon tibbiyot instituti talabalariga ijara kompensatsiyasi nega bekor qilindi?
09:36 / 01.12.2025
Qishki o‘qishni ko‘chirish: talabalardan ariza qabul qilish 20 dekabrdan boshlanadi
16:33 / 29.11.2025
O‘zbekiston OTMda biznes-ta’limga AMBA akkreditatsiyasi joriy etiladi
09:44 / 26.11.2025