Jahon | 07:50 / 23.09.2025
1404
1 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: YeI "Drujba"dan keladigan RF neftiga qarshi choralarni muhokama qilyapti

Yevrokomissiya Rossiya neftining Vengriya va Slovakiyaga yetkazib berilishiga qarshi savdo choralarini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Foto: Patrick Pleul/dpa-Zentralbild/dpa/picture alliance

Yevropa Ittifoqi Rossiyadan qolgan neft importiga qarshi savdo choralarini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib xabar berdi.

Ularning manbalariga ko‘ra, gap Vengriya va Slovakiyani ta’minlovchi «Drujba» quvuri haqida ketyapti. Keyingi qadamlar Yevropa komissiyasi darajasida muhokama qilinmoqda.

Budapesht va Bratislava hozirgacha Moskva ta’minotiga muqobil variant topa olmadi va ularning energiya xavfsizligiga tahdid solayotgan chora-tadbirlarni to‘sib qo‘ydi.

Biroq, choralar Yevropa Ittifoqiga 19 sentabr kuni taqdim etilgan yangi, 19-sanksiya paketi bo‘yicha takliflar bilan bog‘liq emas. U Rossiyadan suyultirilgan gaz importini taqiqlashga qaratilgan. Bundan tashqari, cheklovlar Moskvaning «soyadagi floti» tarkibiga kiruvchi 100 dan ortiq neft tankerlariga, shuningdek, Rossiya energiya resurslari savdosini osonlashtiradigan uchinchi mamlakatlardagi korxonalarga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid