Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistlar safarbar qilingan 15 000 rossiyalik halok bo‘lganini tasdiqladi
Ukrainadagi urushda kamida 15 000 safarbar qilingan rossiyalik askarlar halok bo‘ldi. BBC va "Mediazona" ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 42 foizi Rossiyada «qisman safarbarlik» e’lon qilinganidan keyin bir yil ichida hayotdan ko‘z yumgan.
"Mediazona" va BBC tomonidan chop etilgan qo‘shma surishtiruvga ko‘ra, Ukrainadagi urushda kamida 15 077 nafar safarbar qilingan rossiyalik askarlar halok bo‘lgan. Jurnalistlarga ko‘ra, ularning 42 foizi Rossiya prezidenti Vladimir Putin «qisman safarbarlik» e’lon qilganidan keyin bir yil ichida vafot etgan.
Mutlaq raqamlarga ko‘ra, safarbar qilinganlar orasida eng ko‘p halok bo‘lganlar soni Boshqirdiston va Tataristonga to‘g‘ri keladi: mos ravishda 884 va 861 kishi. «Bu qisman ushbu respublikalardagi ko‘ngillilar va mahalliy faollar halok bo‘lganlar haqida ma’lumot to‘playotgani bilan bog‘liq», — deya tushuntiradi jurnalistlar. Rossiya poytaxti Moskvada safarbar qilingan 242 nafar kishi halok bo‘ldi.
16 yoshdan 61 yoshgacha bo‘lgan 10 000 erkaklar orasida halok bo‘lganlar soni bo‘yicha Buryatiya Rossiya Federatsiyasining boshqa mintaqalariga nisbatan katta farq bilan yetakchilik qilmoqda (23 ta o‘lim). Undan keyingi o‘rinlarda Tiva Respublikasi (13 ta o‘lim), Magadan viloyati va Chukotka avtonom okrugi (har biri 10 kishidan halok bo‘lgan).
Mavzuga oid
21:33 / 02.07.2026
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:47 / 02.07.2026