Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cobalt ishlab chiqarish ketma-ket beshinchi oy ham qisqardi
O‘zbekiston bozoridagi eng ommabop model – Cobalt ishlab chiqarish hajmi 2024 yilning mos davrlariga nisbatan ketma-ket beshinchi oy kamaydi. Qisqarish avgust oyida 8,4 foizni tashkil etgan. Shuningdek, Onix va Damas ishlab chiqarish hajmida ham sezilarli kamayish kuzatilgan.
Foto: Kun.uz
2025 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 284 ming 352 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi sharhida keltirib o‘tilgan.
Dastlabki 8 oylikda avtomobil ishlab chiqarish 2024 yilning mos davriga nisbatan 9,2 foizga oshgan. Respublikada ishlab chiqarilgan har 100 ta mashinaning 55 tasi Cobalt va Damas hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida Damas ishlab chiqarish 2,8 foizga, Cobalt ishlab chiqarish esa 3 foizga, Onix ishlab chiqarish 6,3 foizga qisqargan. Qolgan barcha modellarda sezilarli o‘sish kuzatilgan.
Xususan, Cobalt ishlab chiqarish hajmi 2024 yilning mos davrlariga nisbatan ketma-ket beshinchi oy kamaydi: aprelda – 6 foiz, mayda 10,6 foiz, iyunda 7,84 foizga, iyulda 14,7 foizga, avgustda – 8,4 foizga.
O‘z navbatida, Tracker ishlab chiqarish 9 foizga, Cherry modellarini ishlab chiqarish 13,8 foizga, Kia modellarini ishlab chiqarish 34 foizga, Haval brendiga tegishli avtomobillar ishlab chiqarish esa 3,8 barobarga oshdi.
Ma’lumot uchun, birinchi yarimyillikda UzAuto Motors’ning sof foydasi ham 1,91 trln so‘mdan 1,38 trln so‘mgacha yoki 27,5 foizga kamaydi.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
15:49 / 07.01.2026
Yengil avtomobil importida elektromobillar ulushi 70 foizdan oshdi
14:04 / 06.01.2026