Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekiston va boshqa davlatlarga benzin eksportini amalga oshirmayapti
Qozog‘iston hukumati mamlakatdan neft mahsulotlari eksportini iyun oyida butunlay taqiqlagan. Energetika vazirligi bu haqda ayrim OAVlar Qozog‘iston AI-92 eksportini amalga oshirayotgani haqidagi xabarlaridan keyin ma’lum qildi. Benzin eksportiga cheklov O‘zbekistonga ham taalluqli.
Foto: Vitaliy Timkiv
Qozog‘iston O‘zbekiston yoki boshqa davlatlarga benzin eksportini to‘xtatdi. Bu haqda “Kazinform” nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hukumat tomonidan neft mahsulotlari eksportiga to‘liq taqiq joriy etilgan va noqonuniy eksport hamda kontrabandaning oldini olish rejasi amalga oshirila boshlangan.
Qozog‘iston energetika vazirligiga ko‘ra, ayrim OAVda tarqalgan ma’lumotlarda joriy yil bahorida qabul qilingan vaqtinchalik chora haqida so‘z boradi. Aprel-may oylarida mamlakatdagi yoqilg‘i zaxiralari hisobga olinib, faqat AI-92 markali benzinning ortiqcha qismi eksport qilingan. Bunday amaliyot xalqaro tajribada odatiy bo‘lib, omborlarni optimallashtirish va budjetga qo‘shimcha soliq tushumlarini ta’minlash imkonini beradi.
Ammo iyun oyidan boshlab neftni qayta ishlash zavodlaridagi rejali ta’mirlash ishlari va strategik zaxira shakllantirish maqsadida eksport butunlay to‘xtatilgan.
Vazirlikka ko‘ra, davlat tomonidan tartibga solishning bekor qilinishi va eksport taqiqi ichki bozorni barqarorlashtirdi. Natijada yoz boshiga kelib AI-92 benzini zaxiralari 70 foizga, dizel yoqilg‘isi esa 78 foizga oshdi.
Hozirda Qozog‘iston neft mahsulotlari bozori barqaror, ichki ehtiyoj to‘liq ta’minlangan.
Mavzuga oid
19:30 / 04.12.2025
Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanishi mumkin
13:14 / 04.12.2025
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
09:41 / 02.12.2025
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston chegara qoidalarini buzmaslikka chaqirildi
20:39 / 01.12.2025