Jahon | 12:14 / 24.09.2025
6535
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyaga dronlar hujumida havo sharlaridan foydalandi

23 sentabr kuni Rossiya hududlariga uchuvchisiz uchoqlar hujumi chog‘ida katta miqdordagi havo sharlari qo‘llandi, deb xabar bermoqda RBK axborot agentligi manbalarga tayanib. Rossiya Mudofaa vazirligi 69 ta dron yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Foto: Aleksey Belkin / NEWS.ru / Global Look Press

23 sentabr, seshanbaga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining Rossiya hududlariga uyushtirgan hujumi chog‘ida ko‘p sonli havo sharlari qo‘llandi, deb xabar berdi RBK axborot agentligi Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin manba va hujum mohiyatidan xabardor manbaga tayanib.

«Haqiqatan ham juda ko‘p sharlar bor edi, lekin ular unchalik aniq emas edi», dedi manbalardan biri jurnalistlarga. Uning so‘zlariga ko‘ra, dron hujumlari paytida havo sharlaridan keng foydalanish ilgari qayd etilmagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi dron hujumlari paytida havo sharlaridan foydalanilgani haqida xabar bermadi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bir kechada 69 ta Ukraina droni urib tushirilgan. Vazirlikning Telegramʼdagi bayonotida aytilishicha, ular Moskva vaqti bilan yarim tundan ertalab soat 7:00 ga qadar Belgorod, Bryansk, Kaluga va Kursk viloyatlari, Moskva viloyati, Rostov, Ryazan, Samara va Saratov viloyatlari, shuningdek, qo‘shib olingan Qrim hududida yo‘q qilingan.

Bundan tashqari, Moskvaga yaqinlashayotgan ko‘p sonli dronlar qayd etilgan — 40 dan ortiq. Moskva meri Sergey Sobyanin havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining ishi haqida bir necha bor hisobot bergan.

Mavzuga oid