Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron va Rossiya yangi AES bo‘yicha 25 mlrd dollarlik kelishuv imzoladi
Tehron va Moskva Eron janubida har biri taxminan 1255 MVt quvvatga ega to‘rtta uchinchi avlod atom elektr stansiyasi energobloklarini qurishga kelishib oldi, deb xabar qildi Tehron.
Tehron va Moskva Eronda yangi atom energetika bloklarini qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Hujjat BMTning Islom Respublikasiga qarshi sanksiyalari qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan muddat tugashidan bir kun oldin qabul qilingan. Bu haqda 26 sentabr, juma kuni Eron Atom energiyasi tashkiloti (EAET) ma’lum qildi.
Shartnoma Eronning Iran Hormoz kompaniyasi va "Rosatom" davlat korporatsiyasining shu’ba korxonasi "Rusatom Enerdji Prodjyeks" o‘rtasida imzolangan. AFP xabariga ko‘ra, kelishuv qiymati 25 milliard dollarni (21 milliard yevro) tashkil etadi.
Loyiha har biri taxminan 1255 MVt quvvatga ega bo‘lgan to‘rtta uchinchi avlod atom elektr stansiyasi (AES) energobloklarini o‘z ichiga oladi. Umumiy quvvat 5020 MVtni tashkil qiladi.
Loyiha Xormozgan va Eron janubidagi Sirik porti hududida 500 gektar maydonda amalga oshiriladi. EAET ma’lumotlariga ko‘ra, maydonchani tanlash tugallandi hamda muhandislik va ekologik tadqiqotlar yakunlandi.
"Rosatom" hozircha ma’lumotga izoh bermadi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026