Jahon | 12:36 / 29.09.2025
3445
2 daqiqa o‘qiladi

HAMAS garovga olingan ikki kishi bilan «aloqa uzilganini» bildirdi

Hamaschilar Isroilning G‘azo shahriga bergan havo hujumlari chog‘ida garovga olingan ikki kishi bilan «aloqa uzilganini» da’vo qildi. Ular hujumlarni 24 soatga to‘xtatishni talab qilmoqda.

Foto: Dawoud Abu Alkas/REUTERS

HAMAS guruhi jangchilari Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) havo hujumlari tufayli 2023 yil 7 oktyabrda garovga olingan ikki isroillik bilan «aloqa uzilganini» da’vo qilmoqda, deb xabar berdi AFP va Reuters. Ularga ko‘ra, Falastin guruhining harbiy qanoti "Izzad-Din al-Qassam" brigadasi 28 sentabr, yakshanba kuni TSAHALning G‘azo shahrining Sabra va Tal al-Hava hududlarida so‘nggi ikki kun ichida olib borgan amaliyotlari ortidan isroillik Matan Angrest va Omri Miran bilan aloqa uzilganini ma’lum qilgan.

Reuters xabar berishicha, HAMAS Isroilni «garovga olinganlarni xavfli hududdan olib chiqish» uchun mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dan boshlab 24 soat davomida havo hujumlarini to‘xtatishga chaqirgan.

AFP eslatishicha, HAMAS avvalroq Isroil va AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan garovga olingan shaxs bilan aloqa uzilgani haqida xabar bergan, biroq u bir necha kundan keyin qo‘yib yuborilgandi.

Mavzuga oid