Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Tolibon" Afg‘onistonda AQSh fuqarosini ozod qildi
Amir Amiriy Afg‘onistonda taxminan to‘qqiz oy hibsda bo‘ldi. Ozodlikka chiqarilgach, u AQSh prezidentining garovga olinganlar masalalari bo‘yicha vakili Adam Belerga topshirildi.
Amir Amiriy (chapda) ozodlikka chiqqandan keyin Foto: AP
«Tolibon» harakati 28 sentabr, yakshanba kuni AQSh fuqarosi Amir Amiriy ozod etilganini e’lon qildi. Sobiq mahbus AQSh prezidentining garovga olinganlar masalalari bo‘yicha vakili Adam Belerga topshirildi. Shu oy boshida Vashington rasmiysi "Tolibon" bilan ehtimoliy mahbuslar almashinuvi haqida muzokaralar olib bordi.
Amiriyning hibsga olinishi holati haqida kam narsa ma’lum. Vaziyatdan xabardor manbaga ko‘ra, Amiriy 2024 yil dekabr oyidan beri hibsda edi. Uyiga qaytayotganda ozod etilgan shaxs Qatar poytaxti Dohada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio bu shaxsning ozod etilishini ta’minlashda ko‘rsatgan yordami uchun Qatarga minnatdorchilik bildirdi. AQSh prezidenti Donald Tramp «aniq aytdi: xorijda nohaq hibsga olingan har bir amerikalik o‘z uyiga qaytmaguncha, biz to‘xtamaymiz», deb ta’kidladi davlat kotibi.
Mavzuga oid
09:37
Tramp muhim minerallar zaxirasi yaratilishini e’lon qildi
07:58
AQSh davlat qarziga egalik: eng yirik davlatlar reytingi
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
17:29 / 02.02.2026