Jahon | 21:21 / 30.09.2025
2600
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh sudi “Amerika ovozi”da qisqartirish o‘tkazishni vaqtincha taqiqladi

“Amerika ovozi” va “Ozodlik” kabi ommaviy axborot vositalarini moliyalashtiruvchi AQSh Global media agentligi tizimidagi yuzlab ish o‘rinlarini qisqartirish vaqtincha to‘xtatib turiladi.

Foto: AFP/Getty Images

30 sentabr kuni federal sudya Tramp ma’muriyatining rejalariga qarshi chiqib, shunday qarorga keldi.

Sud Global media agentligiga o‘z tizimidagi to‘liq shtatda ishlovchi 532 ta budjet xodimlarini qisqartirishni taqiqladi.

Sud, shuningdek, agentlikka “Amerika ovozi” direktori Maykl Abramovitsni ishdan bo‘shatishni ham man etdi.

Ushbu ish bo‘yicha suddagi huquqiy jarayonlar davom etadi.

Ma’lumot uchun, AQSh Kongressi 2025 moliya yilida Global media agentligiga 875 mln dollar ajratgan va shundan 260 mln dollari “Amerika ovozi”ga yo‘naltirilishi kerakligi belgilangan.

Mart oyida prezident Donald Tramp farmon chiqarib, agentlikka asosiy faoliyati va xodimlarini minimum darajagacha kamaytirishni buyurdi. Bir kun o‘tib, “Amerika ovozi” efirlari 83 yil ichida ilk marta to‘xtab qoldi. Agentlik o‘zining deyarli barcha xodimlarini ta’tilga chiqarib yuborgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid