Ta’lim | 13:42 / 06.10.2025
1843
2 daqiqa o‘qiladi

OTM bitiruvchilarining ishga joylashtirilishi raqamlashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining «Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: iStock

Prezident qarori bilan amaliyot o‘tash, malaka oshirish va ishga joylashtirish jarayonlarini raqamlashtirish orqali soddalashtirish vazifasi qo‘yilgan.

Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ishga joylashtirilishi jarayonlarini raqamlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan maxsus elektron platforma ishlab chiqiladi.

Shunday qilib, tasdiqlangan nizomga muvofiq:

amaliyotga yo‘naltirish va ishga joylashtirish elektron platforma vositasida amalga oshiriladi;
bitiruvchilarning amaliyotini tashkil etish bo‘yicha shartnoma elektron platformada ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishini monitoring qilish elektron platformani "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga integratsiya qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Ta’lim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi.

Korxona (tashkilot) har oyning 25-sanasiga qadar dasturga zarur kadrlar ma’lumotlarini, shu jumladan vakant lavozimlarni kiritadi. Ta’lim tashkiloti esa har yili avgust oyida "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali platformaga ishga joylashgan bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid