Qurolsiz, himoyasiz, ammo haqiqat bilan katta imperiyaga qarşi turdi. U kimnidir mağlub etiş uçun emas, insonni ozod qiliş uçun kuraşdi. Uning qölida qurol yöq edi, vaqti kelib özi yengib bölmas qudratga aylandi. Bosib ötgan yöli bugungi siyosatçilar uçun ham saboq: hokimiyatning qiymati zöravonlikda emas, vijdon va xalq işonçida ekanini öz hayoti bilan isbotladi u.
Bugun “5 daqiqa”da Mahatma Gandining “Mening hayotim” asari haqida gaplaşamiz.
* Agar özingni ba’zi örinlarda odobsiz, tarbiyasiz deb his qilsang, şuning özi sening odobli şaxs ekanligingni bildiradi.
* Ojizlar keçirişni bilişmaydi. Keçira oliş – kuçlilarga xos fazilat.
* Muhammad payğambarning (s.a.v) ğoyat dilbar inson ekanligini bilib, hayratdan yoqa uşladim.
Bu sözlar dunyoning benihoya taniqli şaxsi, tom ma’nodagi yetakçi darajasiga erişa olgan Mahatma Gandiga tegişli.
“Mening hayotim” Gandining bolalik xotiralaridan boşlanadi. Gandi özidagi xato va kamçiliklarni yaşirmaydi: yoşlikdagi qörqoqlik, yolğon, hatto ota-onasidan yaşirin qilgan işlarini ham samimiyat bilan tilga oladi. Bu oçiqlik - Gandining butun falsafasining ildizi. Uningça, insonni poklaydigan kuç - haqiqatni tan olişdan boşlanadi.
Asarda u Londondagi tahsil yillarini, huquqşunos sifatidagi faoliyatini va keyinçalik Janubiy Afrikada hind muhojirlar haq-huquqi uçun olib borgan kuraşini bayon etadi. Ana şu yerda Gandi öz ğoyasini topadi: zöravonliksiz qarşilik, ya’ni “satyagraha”. Bu söz sanskritda “haqiqatga sodiq turiş” ma’nosini beradi.
Dunyoni özgartiradigan falsafa
Bu kuçsizlarning emas, aksinça, ruhiy jihatdan eng kuçli insonlarning yöli. Gandi “satyagraha” falsafasi orqali dunyoga şunday ta’limot berdiki, u nafaqat Hindistonni mustaqillikka yetakladi, balki butun insoniyatning siyosiy madaniyatini özgartirdi.
U har bir harakatda ruhiy poklikni birinçi öringa qöyadi. Unga köra, haqiqat yölidagi inson ğalaba yoki mağlubiyat haqida emas, balki adolat va vijdon haqida öylaşi kerak.
















