Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Isroilda nutq so‘zladi: «HAMAS qurolsizlanishga rozi bo‘ldi, urush tugadi»
Knesset spikeri dunyo yetakchilarini kelgusi yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga Tramp nomzodini ilgari surishga chaqirishini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 13 oktyabr kuni Isroil parlamentida (Knesset) nutq so‘zladi va Isroilga tashrifini o‘zi uchun katta sharaf deb atadi. Uning nutqi olqishlar bilan kutib olindi.
Tramp so‘zlariga ko‘ra, HAMAS tinchlik rejasida ko‘zda tutilgan qurolsizlanish bandini bajaradi. «HAMAS qurolsizlanish rejasini bajarishga rozi bo‘ldi», dedi Amerika yetakchisi. Shuningdek, Tramp G‘azo sektoridagi mojaro tugagani haqida bayonot berdi: «Urush tugadi».
Knesset spikeri Amir Oxana: «Biz spiker Mayk Jonson bilan birgalikda butun dunyo yetakchilarini kelgusi yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzodingizni ilgari surishga chaqiramiz. Sizdan munosibroq odam yo‘q, prezident Tramp», dedi.
Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid: «Bu dunyoda ezgulik va zulm bor. Qachonki siz HAMAS, Hizbulloh yoki Eron rejimi tarafida bo‘lsangiz, demak siz zulm tarafidasiz. Isroil tarafida bo‘lsangiz, adolat tarafidasiz», dedi.
Knesset a’zolari Ayman Odex va Ofer Kassiv Tramp nutqi paytida «genotsid» yozuvi tushirilgan plakatni ko‘targanidan keyin zaldan chiqarib yuborildi.
Tramp: «Biz Isroilga ko‘p qurol berdik. Bibi (Netanyahu) menga qo‘ng‘iroq qilib, u yoki bu qurolni so‘radi - men ularni tayyorladim. Ular eng yaxshi va siz ulardan yaxshi foydalandingiz. Bu tinchlikka olib keldi», dedi.
Tramp: «G‘azoni zudlik bilan demilitarizatsiya qilish rejasini butun mintaqa qo‘llab-quvvatladi. HAMAS qurolsizlantiriladi. Isroil xavfsizligiga endi hech qanday shaklda tahdid bo‘lmaydi», dedi.
Avvalroq, HAMAS garovda tirik qolganlarni Isroilga topshirgan edi: birinchi guruhga 7 kishi, ikkinchisiga 13 kishi kiritilgan.
Bitim shartlariga ko‘ra, garovga olinganlar evaziga isroilliklarni o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 250 nafar falastinlik mahbus, shuningdek, urush boshlanganidan beri hibsga olingan 1700 kishi Isroil qamoqxonalaridan ozod qilinishi kerak.
Mavzuga oid
22:29 / 14.06.2026
Tramp Netanyahuni aqlsizlikda aybladi va Eron bilan kelishuv 2–3 soat ichida imzolanishini aytdi
18:06 / 14.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
11:18 / 14.06.2026