Jahon | 11:36 / 15.10.2025
2633
2 daqiqa o‘qiladi

HAMAS yana to‘rt asirning jasadini Isroilga topshirdi

HAMAS tomonidan topshirilgan garovga olinganlarning jasad qoldiqlari Tel-Avivdagi sud-tibbiyot markazida kimga tegishli ekani aniqlanadi. Reuters xabariga ko‘ra, G‘azoda jangchilar Isroil bilan hamkorlikda ayblangan bir necha kishini qatl qilgan.

Foto: Dawoud Abu Alkas / Reuters

Falastinning HAMAS harakati Isroilga garovga olingan yana to‘rt kishining jasadini topshirdi. Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) va Umumiy xavfsizlik xizmati (ShABAK) hamrohligida halok bo‘lgan garovga olinganlarning jasadi bo‘lgan to‘rtta tobut chegarani kesib o‘tdi va Tel-Avivdagi Milliy sud ekspertizasi markaziga yo‘l oldi, u yerda shaxsni aniqlash jarayonlari o‘tkaziladi. Bu haqda 14 oktyabr, seshanba kuni kechqurun Isroil armiyasi ma’lum qildi. TSAHAL vakillari marhumlarning oilalariga hamrohlik qilmoqda.

Jasadlarni topshirish Isroil hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp rejasi bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilmasa, G‘azo sektoriga yuboriladigan gumanitar yordam yuk mashinalari sonini ikki barobarga qisqartirishini ma’lum qilganidan keyin amalga oshirildi, deb xabar bermoqda Reuters.

G‘azo sektorida jami 28 nafar halok bo‘lgan garovga olinganlarning jasadi qolgan. 13 oktyabr kuni kechqurun HAMAS jangchilari marhumning qoldiqlari bo‘lgan dastlabki to‘rtta tobutni Isroil tomoniga topshirdi. O‘sha kuni ertalab tirik qolgan 20 nafar garovga olinganlarning barchasi ozod qilindi va Isroilga qaytarildi. G‘azoda yana 20 ta jasad qolmoqda.

Times of Israel nashrining yozishicha, HAMAS garovga olingan yana to‘rt kishining jasadini 15 oktyabr kuni qaytarishga va’da bermoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid