Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputat pedofillar uchun umrbod qamoq jazosi joriy etishni taklif qildi
Dilnoza Azizova so‘zlariga ko‘ra, pedofillarning jazo muddatini «yaxshi xulq» bahonasi bilan qisqartirib, ko‘chada erkin yurgani «davlatning bolaga bo‘lgan munosabatidan darak».
Foto: Milliy tiklanish partiyasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Milliy tiklanish» partiyasi a’zosi Dilnoza Azizova bolalarga nisbatan har qanday jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosini joriy etishni taklif qildi.
Deputat Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 7 yoshli qiz o‘z qarindoshi bo‘lgan katta yoshli erkak tomonidan zo‘rlangani haqidagi voqeaga shunday munosabat bildirdi.
«Namangandagi voqea — faqat bir pedofilning razolati emas, bu jinoyatni yillar davomida «axloq tuzatish ishlari» degan yumshoq ifoda bilan oqlab kelgan tizimning yuzi. Bolaning hayoti bilan o‘ynash mumkin emas. Bu faqat jinoyat emas — insoniylikka qarshi qo‘zg‘olon», deb yozdi Azizova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pedofillar jazo muddatini «yaxshi xulq» bahonasi bilan qisqartirib, ko‘chada erkin yurgani «davlatning bolaga bo‘lgan munosabatidan darak».
«Qonun faqat qog‘ozda emas, hayotda ham qattiq bo‘lishi kerak. Bunday jinoyatchilar uchun kechirish, yengillik yoki «yaxshi xulq» degan gap bo‘lmasligi shartligining yana bir isbotiga guvoh bo‘ldik... Mening talabim qat’iy, bolalarga nisbatan har qanday jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini qonun darajasida belgilashning vaqti keldi», deb yozdi Azizova.
Deputat so‘zlariga ko‘ra, «pedofillarga yengil munosabatda bo‘lsak, demak, kelajakni qo‘limiz bilan yo‘q qilyapmiz».
Mavzuga oid
13:58 / 06.01.2026
Rossiyada umrbod qamoq jazosiga hukmlar soni 2005 yildan beri eng yuqori darajaga chiqdi
12:20 / 25.12.2025
Manzil koloniyadan qochib, 3-sinf qizni zo‘rlagan pedofil ham 18 yilga qamaldi
19:13 / 24.12.2025
Namanganda 7 yoshli qizchani zo‘rlagan pedofil 18 yilga qamaldi
14:27 / 23.12.2025