Sog‘lom hayot | 23:20 / 17.10.2025
8290
2 daqiqa o‘qiladi

Erkaklar ayollarga nisbatan tezroq qarishi ilmiy jihatdan isbotlandi

Bu miya hajmining kamayishi bilan izohlanmoqda.

Foto: Getty images

Yosh o‘tishi bilan erkaklarda miya hajmi ayollarga qaraganda kuchliroq va ko‘proq sohalarda kamayadi. Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan va yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdi.

Bu esa erkaklar ayollarga qaraganda tezroq qarishini, umr ko‘rish davomiyligi ham qisqaroq bo‘lishini anglatadi.

Foto: Anatomical Travelogue/SPL

Shunga qaramay, ayollarda Alsgeymer kasalligi erkaklarga qaraganda deyarli ikki baravar ko‘p tashxis qo‘yiladi va bunda keksalik asosiy xavf omillaridan biri sifatida qaralgan edi. Yangi tadqiqot buning shubhali ekanini, kasallik ko‘proq boshqa omillarga bog‘liqligini ko‘rsatmoqda.

Yangi tadqiqot doirasida mutaxassislar 4726 kishining 12500 dan ortiq miya tasvirlarini magnit-rezonans tomografiya (MRT) yordamida tahlil qildi. Har bir ishtirokchiga o‘rtacha uch yillik oraliq bilan olingan kamida ikkita surat to‘g‘ri keldi.

Umuman olganda, erkaklarda ayollarga qaraganda miyaning ko‘proq sohalarida hajmning sezilarli darajada kamayishi kuzatildi. Masalan, taktil, og‘riq va harorat sezgilarini qayta ishlash, shuningdek, tananing o‘z holati va harakatlari uchun mas’ul bo‘lgan postmarkaziy po‘stloq ularda yiliga 2,0 foizga, ayollarda esa 1,2 foizga qisqargan.

Mavzuga oid